Ukrainadagi AQSH laboratoriyalari bioqurol dasturlari doirasida yaratilgan – kichik Robert Kennedi
Olam
−
15 avgust 2023
6285AQSH Pentagonning 2001 yilgi bioqurol dasturlari doirasida Ukrainada biolaboratoriyalar tashkil qildi. Bu haqda AQSH prezidentligiga da’vogar demokrat kichik Robert Kennedi amerikalik teleboshlovchi Taker Karlsonga bergan intervyusida aytib o‘tdi. Suhbat yozuvi Karlsonning X ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida joylashtirilgan.
"Ukrainada biolaboratoriyalarimiz bor, chunki biz bioqurollar yaratyapmiz. Bu qurollarda bir avlod oldin mavjud bo‘lmagan sintetik biologiya va genetik muhandislik texnologiyalarining yangi turlari qo‘llaniladi", degan demokrat.
Kennedining aytishicha, 2001 yilda biologik laboratoriyalar qayta ochilganda, Pentagon ularga katta mablag‘ ajratgan.
"Ammo ular xavotirda edilar, chunki Jeneva konvensiyasini buzish og‘ir jinoyatdir, shuning uchun ular biologik qurollar dasturini to‘liq ishlab chiqmagan. Lekin buning ustidan nazorat Sog‘liqni saqlash vazirligi bo‘limiga topshirildi. Agar biologik quroldan foydalansangiz, sizning tomoningiz bundan aziyat chekadi, shuning uchun vaksinalar kerak. Bu tibbiyotning boshqa tomoni”, deydi Robert Kennedi.
Ma’lumot uchun, joriy iylning aprel oyi o‘rtalarida Rossiya Federatsiyasi parlament komissiyasi AQSHning Ukrainadagi biologik laboratoriyalari ishini tekshirish bo‘yicha yakuniy hisobotini taqdim etgan. Ushbu hujjatga ko‘ra, Pentagonning harbiy-biologik dasturi so‘nggi yillarda keng ko‘lamli xususiyat kasb etib, Biologik qurollarni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiya ruxsat bergan terrorchilikka qarshi loyihalar va tadbirlar niqobi ostida amalga oshirilmoqda.
Komissiya o‘z hisobotida Pentagon mutaxassislari AQSH nazoratidagi barcha laboratoriyalar ishida ishtirok etishini ta’kidladi. Shu bilan birga, ularning faoliyati yopiq xarakterga ega bo‘lib, bunday laboratoriyalar joylashgan mamlakatlarning davlat organlariga faqat ikkilamchi xarakterdagi tadqiqotlar uchun ruxsat beriladi.
Eslatib o‘tamiz, AQSHning 35-Prezidenti Jon Kennedining jiyani, huquqshunos va siyosatchi kichik Robert Kennedi 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida demokratlar partiyasidan o‘z nomzodini ko‘rsatgandi. U oldinroq AQSHda juda ko‘p yadroviy qurol borligini aytgan va u bilan mojaroga borish aqldan ozish ekanini iddao qilgandi.
LiveBarchasi