Rossiya va Xitoy AQSHga hasad ko‘zi bilan qaraydi – Tramp
Olam
−
21 Sentabr 2020
13230Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp AQSH “Yer yuzidagi eng qudratli qurol”ga ega deb hisoblaydi. Uning fikriga ko‘ra, Rossiya va Xitoy bu narsaga hasad bilan qaramoqda. Bu haqda Tramp 20 sentyabr kuni “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Men harbiy maqsadlar yo‘lida 2,5 trillion dollar sarfladim. Chunki, oldin bizning qurolli kuchlarimiz yomon ahvolda edi. Hozir esa ular a’lo darajada. Bizda Yerdagi eng kuchli qurol bor, boshqa hech kimda bunga o‘xshash narsa yo‘q. Men bu haqda yaqindagina gapirgandim: bizdagi qurollar shunchalik ajoyib, qudratli, zamonaviy-ki, XXR raisi Si Szinpin va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bu borada bizga hasad qilmoqda.
Endi, biz Xitoy va Rossiyani kuzatamiz. Menimcha, Xitoy hozir eng katta muammoni yaratyapti. Ko‘pchilik “Rossiya, Rossiya ...” deydi. Xitoy haqida so‘rasam, gapirishni ham xohlashmaydi”, dedi Amerika rahbari.
Oq uy rahbarining so‘zlariga ko‘ra, undan oldin “hech kim Rossiyaga nisbatan bunday qattiq siyosat yuritmagan”.
“Men Putin yopiq eshiklar ortidagi uchrashuvlarda bu haqda atrofidagilarga aytishiga kafolat beraman. Agar Xitoy va Rossiya bilan til topishsak, bu muammoning yechimi bo‘ladi”, deb qo‘shimcha qildi Tramp.
Avvalroq, AQSH Prezidetni Donald Tramp Rossiya o‘zining gipertovushli qurollarini Amerikadan o‘g‘irlangan ma’lumotlar yordamida yaratganini aytib chiqqandi. U bu xatolik AQSHning sobiq Prezidenti Barak Obama davrida yuz berganini ta’kidlagan.
Keyin Putin, AQSHning 2002 yilda Raketaga qarshi mudofaa bo‘yicha shartnomadan chiqishi Rossiyani gipertovushli qurol ishlab chiqarishga majbur qilganini aytgandi.
LiveBarchasi