Rossiya va Belarusni tiz cho‘ktirib bo‘lmaydi – Lukashenko

Olam

image
0:00
0:00
download

Belarus va Rossiyani tiz cho‘ktirish amalga oshmaydi. Belarus Respublikasi fuqarosi Aleksandr Lukashenko respublikaning Chechersk viloyati aholisi bilan suhbatda shunday fikr bildirdi.

Lukashenko e’tiborini yana yanga imkoniyatlar izlashga majbur qilayotgan G‘arb sanksiyalar bosimiga qaratgan.

“Bu imkoniyatlar. Biz ishlab chiqarayotgan barcha mahsulotlar bugun bizning asosiy bozorimizda – Rossiya, Xitoy va boshqa mamlakatlarda talabga ega. Bozor ochiq. Faqatgina “sanksiyalar, sanksiyalar”, deb yig‘lamasdan, harakat qilish kerak”, degan Belarus rahbari.

U Belarusga har doim qiyin bo‘lganiga, yengib o‘tish kerak bo‘lgan qiyinchiliklar yuzaga kelganiga e’tibor qaratgan. 

“Endi esa qo‘llarini ishqalayaptilar: hozir Rossiya Ukrainaga bostirib kirdi, endi biz Rossiyani tiz cho‘ktiramiz, keyin Belarusni. Amalga oshmaydi. Bunchalik aql-zakovat, bilim darajasi, texnologik saviya va bunday resurslar bilan Rossiya va Belarusni tiz cho‘ktirishning iloji bo‘lmaydi. Biz faqat sanksiyalar borligini unutishimiz kerak”, deb hisoblaydi Lukashenko.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Lukashenko

Baholaganlar

413

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing