Rossiya o‘zbekistonliklarni cherkovlar qurishga yollash bo‘yicha kelishuvga erishdi
Olam
−
14 mart 2023
10958Moskvada pravoslav cherkovlarini qurish dasturida O‘zbekiston Respublikasi bilan ishchi kuchini yollash bo‘yicha uzoq muddatli hamkorlik ko‘rib chiqilgan. Bu haqida Moskvadagi cherkovlar qurish dasturi kuratori matbuot kotibi – Davlat Dumasi deputati Vladimir Resin ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Moskvadagi favqulodda va muxtor elchisi Botirjon Asadov Vladimir Resin bilan uchrashib, hamkorlik borasida kelishuvga erishgan.
“Ibodatxonalar qurish uchun odamlar yetishmayotgan joylarda respublikadan kadrlarni jalb qilamiz. Ular qanday ishlashni bilishadi”, deydi deputat.
Uning ta’kidlashicha, ishchilarning yetishmasligi dasturni amalga oshirish muddatiga ta’sir qilmaydi.
“Cherkovlar qurilishi faqat mablag‘ yetishmasligi tufayli sekinlashmoqda, chunki barcha ishlar faqat xayriya asosida amalga oshirilmoqda. Shuni qayd etish joizki, dastur rejalashtirilgan va belgilangan maqsadlarga erishish uchun hech qanday to‘siq yo‘q. Moskva kamida besh yillik ish uchun yer ajratadi va ularni barcha zarur infratuzilma bilan ta’minlaydi”, deydi Resin.
Avvalroq, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada ishlayotgan o‘zbekistonliklarga nisbatan ogohlantirish bilan chiqqan edi.
Javohir Qadamov
LiveBarchasi