Niderlandiyada özbekistonlik oila ikki yil çerkovda yaşagani ma’lum böldi
Olam
−
4020 2 daqiqa
Niderlandiyada 12 yildan beri yaşab kelayotgan özbekistonlik Babayanslar oilasi ikki yil davomida boşpana topgan çerkovni tark etişga tayyorlanmoqda. Yangi yaşaş ruxsatnomasini oliş uçun ariza topşirgan tört farzandli oila uning körib çiqilişi davomida mamlakatda qonuniy qoliş huquqiga ega böldi. Bu haqda NL Times xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, Babayanslar oilasi 2014 yildan beri Niderlandiyada yaşaydi. Sönggi ikki yil davomida ular Kampen şahridagi Open Hof çerkovida boşpana olib kelgan. Endilikda oila çerkovni öz xohişiga köra tark etişga qaror qilgan.
Çerkov boşpanasini muvofiqlaştiruvçi Herman Stompxorstning aytişiça, boşpana izlovçilarni joylaştiriş bilan şuğullanuvçi COA taşkiloti oila uçun turar joy tayyorlamoqda. Yangi manzil tayyor bölguniga qadar ular çerkovda qolişi mumkin.
Oila advokati Inge Zuidxukning ma’lum qilişiça, yangi ariza şu hafta topşirilgan. Uni tayyorlaş jarayonida oilaning özi va uning Niderlandiya bilan boğliqligi haqida qöşimça ma’lumotlar kiritilgan. Advokat bu dalillar Immigratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş xizmati (IND) tomonidan arizani qayta körib çiqişda inobatga olinişiga umid qilmoqda.
Qayd etilişiça, joriy yil iyul oyida Niderlandiya Davlat kengaşi uzoq yillardan beri mamlakatda yaşab, şu yerda hayotini yölga qöygan farzandlari bor uç nafar boşpana izlovçi oilaga qolişga ruxsat beriş haqida qaror çiqargan. Oliy ma’muriy sud bunday holatlarda bolalarning manfaatlariga köproq e’tibor qaratiş lozimligini ta’kidlagan.
Çerkov boşpanasini muvofiqlaştiruvçi Stompxorst yangi ariza uzoq vaqt körib çiqilişidan xavotirda ekanini bildirgan. Şu bilan birga, u Davlat kengaşining avvalgi qarori oilaga umid berayotganini aytgan. Biroq ariza yana rad etilişi ehtimoli ham bor.
Eslatib ötamiz, avvalroq Yaponiyada viza muddati tugaganidan keyin ham mamlakatni tark etmay, noqonuniy yaşab kelgan Özbekiston fuqarosi deportatsiya qilingani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barçasi