Yaponiyada noqonuniy yaşagan özbekistonlik deportatsiya qilindi

3-sahifa

−

image

Yaponiyada viza muddati tugaganidan keyin ham mamlakatni tark etmay, noqonuniy yaşab kelgan Özbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi. Bu haqda Yaponiya Immigratsiya xizmatlari agentligi ma’lum qildi.

Qayd etilişiça, fuqaro Yaponiyaga qisqa muddatli viza bilan kirgan. Biroq mamlakatda qoliş muddati tugaganidan keyin ham u yerdan çiqib ketmagan. Keyinçalik huquq-tartibot idoralari tomonidan qölga olinib, hibsga joylaştirilgan.

Agentlik noqonuniy yaşaş yoki işlaş holatlari aniqlanganida qoidabuzarlarga nisbatan qat’iy çoralar körilişini eslatgan. Bunday holatlarda şaxs politsiya tomonidan qölga olinişi, immigratsiya markaziga joylaştirilişi va mamlakatdan deportatsiya qilinişi mumkin.

Şuningdek, Yaponiya hukumati qoidabuzarlar haqidagi ma’lumotlarni Özbekiston hukumatiga ham taqdim etişi mumkin. Şu sababli fuqarolardan Yaponiyada işlaşni va’da qiluvçi şubhali takliflarga işonmaslik söralgan.

Agentlik Yaponiyada qoçqin maqomini oliş uçun ariza topşiriş orqali mamlakatda uzoq muddat qoliş yoki işlaş mumkinligi haqidagi qaraşlar ham notöğri ekanini ta’kidlagan. Bunday maqsadda ariza berişga yöl qöyilmaydi.

Qoçqin maqomini oliş rad etilgan taqdirda, ariza beruvçi immigratsiya markaziga joylaştirilişi yoki deportatsiya qilinişi mumkin. Ariza topşirişda yolğon ma’lumot beriş yoki firibgarlik usullaridan foydalaniş esa jiddiy huquqiy çoralarga sabab böladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Yaponiya Immigratsiya xizmati agentligi Yaponiyada noqonuniy bölib turgan 2 nafar Özbekiston fuqarosini deportatsiya qilgani haqida xabar berilgan edi.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing