Rossiya O‘zbekistondan 282 nafar fuqarosini olib ketdi

Jamiyat

image
177 nafar O‘zbekiston fuqarosi Misrdan olib chiqildi north_east

177 nafar O‘zbekiston fuqarosi Misrdan olib chiqildi

Bugun, 18 mart kuni “Aeroflot” aviakompaniyasi maxsus reys bilan 282 nafar rossiyalikni Toshkentdan Moskvaga olib keldi. Bu haqda “Rossiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi konsullik bo‘limi rahbari Ivan Fetisov RIA Novostiga xabar bergan. Bunga koronavirus tarqalishining oldini olish maqsadida O‘zbekistonning aviaqatnovlarni to‘xtatgani sabab etib ko‘rsatilgan. 

“Aeroflot”ning birinchi maxsus reysi 18 mart kuni Toshkentdan Sheremetevoga soat mahalliy 7:00 da (Moskva vaqti bilan 5:00) parvoz qilgan. Bortda 282 nafar Rossiya fuqarosi ro‘yxatdan o‘tgan. Diplomatning qo‘shimcha qilishicha, elchixona rossiyaliklarni Uzbekistan airways samolyotlarida tashishni tashkil qilishda ishtirok etgan.

16 mart, dushanba kuni RFning O‘zbekistondagi elchixonasi matbuot xizmati O‘zbekistonni tark etish istagida bo‘lgan ruslar uchun maxsus reyslar tashkil etish ustida ish olib borilayotgani va yo‘lovchilar ro‘yxati tuzilayotgani haqida ma’lum qilgan edi.

15 mart kuni soat 06:00 da Respublika Virusologiya instituti laboratoriyasida Fransiya Respublikasida bo‘lib qaytgan 1 nafar O‘zbekiston fuqarosida COVID-19 koronavirus infeksiyasi aniqlandi.

O‘zbekiston 14 mart kuni xalqaro aeroportlar orqali 38 ta reysda – 4 800 nafar, temir yo‘llar orqali – 1 860 nafar, qolgan chegara-bojxona postlaridan 38 ming nafar fuqarolar kirib keldi, barcha yo‘lovchilar SKPlarda termometriya hamda birlamchi tibbiy tekshiruvdan o‘tkazildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo miqyosida 200 032 nafar bemor bor. Infeksiya yuqtirib olgan 7991 kishi vafot etgan. 82 022 kishi to‘la sog‘aygan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston

Baholaganlar

118

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing