Rossiya O‘zbekistonda yirik elektr tarmog‘i quruvchisining davlat ulushini qo‘lga kiritdi
Jamiyat
−
16 mart 2023
8650Rossiyaning “Ural energetika qurilish kompaniyasi” (UEQK) O‘zbekistonning elektr tarmoqlari qurilishi bilan shug‘ullanuvchi “Elektrqishloqqurilish” korxonasining 58,41 foiz davlat ulushini sotib oldi. Bitim 93,2 milliard so‘mni (8 million dollardan ortiq) tashkil etdi. Bu haqada Davlat aktivlari agentligi huzuridagi “UzAssets” investitsiya kompaniyasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, “Elektrqishloqqurilish” aksiyadorlik jamiyatining nazorat paketi 2021 yil noyabr oyida sotuvga qo‘yilgan. Mutaxassislar tomonidan ma’muriy, arbitraj yoki boshqa sud jarayonlari yo‘qligi, shuningdek, tender ishtirokchilari Yevropa Ittifoqi, AQSH va yirik xalqaro moliya institutlarining sanksiya ro‘yxatiga kiritilmagani uchun investorlardan yettita ariza kelib tushgan.
Manbaga ko‘ra, Grant Tompson xalqaro konsalting kompaniyasi va Dentons yuridik firmasi konkurs tanloviga maslahatchi sifatida jalb qilingan. UEQK narx parametrlari mustaqil baholash natijalaridan yuqori bo‘lgan eng yaxshi taklif bilan chiqqan.
Ma’lumot uchun, “Elektrqishloqqurilish” 1936 yilda qishloq xo‘jaligini elektrlashtirish tresti sifatida tashkil etilgan. 1998 yilda kompaniya aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilgan. Bugungi kunda aksiyadorlik jamiyati tarkibiga Namangan metall konstruksiyalari zavodi, Quvasoy temir-beton buyumlari zavodi, Toshkent shahridagi ishlab chiqarish va texnologik asbob-uskunalar boshqarmasi va boshqa aktivlar kiradi. Kompaniya Markaziy Osiyoda kuchlanishi 500 kVgacha bo‘lgan elektr tarmoqlari ob’ektlarini qurish bo‘yicha bosh pudratchi hisoblanadi. Uning portfelida “Lukoyl”, Hyundai Engineering, Hengyuan Group Co. kompaniyalari loyihalari mavjud.
UEQK esa Yekaterinburgda joylashgan kompaniya bo‘lib, u o‘tgan asrning 40-yillarida paydo bo‘lgan. Kompaniya Rossiyada ham, chet elda ham elektr ta’minoti ob’ektlarini loyihalash va qurish bilan shug‘ullanadi.
LiveBarchasi