Rossiya O‘zbekistonda samolyotlari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston va Rossiya “Toshkent mexanika zavodi” AJ (TMZ) negizida samolyotsozlik sohasida qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kecha, 7 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi Savdo vakolatxonasi ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakili Konstantin Zligostev va TMZ bosh direktori Zafar Isoqov muzokaralar o‘tkazgan, unda avvallari Valeriy Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi (TAPOiCh) deb atalgan zavod negizida ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

“Rossiya-O‘zbekiston qo‘shma loyihalari bir vaqtning o‘zida turli bosqichlarda. Uskunalarni raqamlashtirishga alohida e’tibor qaratildi, ularsiz bugungi kunda zamonaviy aviasozlikni tasavvur etib bo‘lmaydi”, deyiladi xabarda.

Unda qayd etilishicha, TMZ Il-76, Il-114 samolyotlari va ularning modifikatsiyalari ehtiyot qismlarini ishlab chiqaradi va parvozga yaroqliligini saqlaydi.

“Zavod hududida yangi quvvatlarni qurish va mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini qayta jihozlash ishlari olib borilmoqda, bu esa kelajakda quvvatni oshirish va mahsulot turlarini kengaytirish imkonini beradi”, deyiladi xabarda.

TAPOiCh 1941 yilda Moskva yaqinidagi Ximkidan O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan aviatsiya zavodi negizida tashkil etilgan. Sovet davrida bu yerda harbiy transport samolyotlari Il-76 va yo‘lovchi Il-114 yig‘ilgan. 2014 yilda zavod “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tasarrufiga o‘tkazilgan va TMZ nomini olgan.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya

Baholaganlar

423

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing