Ekspert Karimov O‘zbekiston-Rossiya munosabatlarini cheklovchi omil bo‘lganini aytdi

Olam

image

Rossiya-O‘zbekiston munosabatlarini cheklovchi omil Islom Karimovning ehtiyotkor siyosati edi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining Ye.M.Primakov nomidagi Jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar milliy tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, Markaziy Osiyo bo‘yicha mutaxassis Stanislav Pritchin OAVga bergan intervyusida so‘z ochdi.

Suhbatda Rossiya Markaziy Osiyoda an’anaviy ravishda Qozog‘istonni o‘zining asosiy hamkori deb bilishi, hozir esa Moskva go‘yo O‘zbekiston bilan aloqalarini kengaytirishga harakat qilayotgani,  chunki Rossiyaning Ukrainaga qarshi harbiy harakatlari boshlanganidan keyin Qozog‘iston Markaziy Osiyoning boshqa respublikalariga qaraganda ko‘proq tashqi siyosat yo‘lida manyovr qilib, G‘arbga yuzlangani haqida so‘z borgan. Bu borada fikr bildirarkan, Pritchin Rossiya va Qozog‘iston munosabatlari doimgidek davom etayotganini urg‘ulagan. 

“Rossiya go‘yoki Qozog‘istonga tayanadi,lekin O‘zbekiston bilan munosabatlarni boshqacha yo‘l bilan quradi, degan fikrga qo‘shilmayman. Darhaqiqat, Qozog‘iston va O‘zbekiston mudofaa qobiliyati, iqtisodiy va geografik ahamiyati bo‘yicha Markaziy Osiyoda eng yirik ikki davlatdir. 

Rossiya ham O‘zbekiston, ham Qozog‘iston bilan hamisha pragmatik, ochiq, muvozanatli munosabatlardan manfaatdor bo‘lib kelgan. Chunchaki, Rossiya-Qozog‘iston munosabatlari so‘nggi yillarda tizimli ravishda rivojlanib bormoqda. Shuning uchun ular hozir ajoyib dinamika bilan maqtana olmaydi”, deydi ekspert.

Uning qayd etishicha, O‘zbekistonda hokimiyat tepasiga Shavkat Mirziyoyev kelgach, Rossiya-O‘zbekiston munosabatlari tubdan o‘zgargan. 

“Toshkent bilan esa ilgari foydalanilmagan salohiyatni oshirishga erishdik, chunki Rossiya-O‘zbekiston munosabatlarini cheklovchi omil Islom Karimovning ehtiyotkor siyosati edi. Shavkat Mirziyoyev hokimiyatga kelishi bilan mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlarda tub burilish yuz berdi. Savdo aylanmasi faol o‘sishni boshladi, ko‘plab loyihalar yangilandi va investitsion oqimlar kela boshladi. Biroq, hozir vaziyat, biz ko‘rib turganimizdek, avvalgidek ijobiy emas”, deydi Pritchin.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiyada bo‘lib turibdi. Kecha, 5 oktyabr kuni Qozonga borgan Prezident Mirziyoyev 6 oktyabr kuni Moskvaga keldi. Bugun, 6 oktyabr kuni Kremlda Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin uchrashuvi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin O'zbekiston-Rossiya Islom Karimov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing