Rossiya O‘zbekistonda qidirilayotgan firibgarni ekstraditsiya qildi

Olam

шаблон лого копия

Rossiyaning Saratov viloyati prokuraturasi O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan shaxsni ekstraditsiya qildi. Qidiruvdagi shaxsga firibgarlik va pora berish ayblovi qo‘yilgan.

U o‘zining tanishlari yordamida O‘zbekistonda o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, fuqarolardan jami 21 ming AQSH dollari pul olgan va qochib ketgan.

Ektraditsiya tekshiruvi erkakning O‘zbekiston fuqarosi ekanini, RF fuqaroligiga hech qanday aloqasi yo‘qligini aniqlagan. Uning harakatlari uchun Rossiya qonunchiligiga ko‘ra jazo tayinlanishi kerakligi ta’kidlangan.

“Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasining ekstraditsiya tekshiruvi natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarosini jinoiy javobgarlikka tortish uchun qaytarish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

Ayni vaqtda Rossiya Jazoni ijro etish federal xizmati uni O‘zbekiston Respublikasining vakolatli idorasiga topshirishni tashkillashtirdi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Rossiya ekstraditsiya

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing