Rossiya o‘tgan yili 700 ming bolani Ukrainadan olib chiqib ketgan
Olam
−
01 avgust 2023
49052022 yilda Rossiya Ukrainadan 700 mingdan ortiq bolani olib ketgani aytildi. Bu haqda Rossiyaning bolalar huquqlari bo‘yicha komissari Mariya Lvova-Belovaning faoliyati to‘g‘risidagi yillik hisobotida ma’lum qilindi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bosqin boshlanganidan beri Rossiya Federatsiyasi Ukrainaning 4,8 million aholisini, jumladan, 700 mingdan ortiq bolalarini “qabul qilgan”. Voyaga yetmaganlarning aksariyati Rossiyaga ota-onasi yoki yaqinlari bilan kelgani aytiladi. Shuningdek, 1,5 mingga yaqin yetim yoki ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalar ham Rossiyaga jo‘natilgan.
O‘tgan yil davomida (tan olinmagan) "DXR" va "LXR" dan 760 nafar bola Rossiyada homiylik ostidagi oilalarga joylashtirilgan. Bundan tashqari, Rossiya hukumati Xerson viloyatidagi “Alyoshka” bolalar uyining 52 nafar bolasini anneksiya qilingan Qrimga deportatsiya qilgan.
Ukraina bir necha bor Rossiyani ukrainalik bolalarni o‘g‘irlash va noqonuniy deportatsiya qilishda ayblagan. “Urush bolalari” loyihasiga ko‘ra, Ukrainada voyaga yetmaganlarni majburan deportatsiya qilish bo‘yicha 19,5 ming holat qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 17 mart kuni Gaagadagi Xalqaro jinoiy sud Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani hibsga olishga order bergan, chunki ular bolalarning noqonuniy deportatsiyasi bilan bog‘liq harbiy jinoyatlar uchun javobgar deb topilgandi.
LiveBarchasi