Rossiya urush faxriylariga O‘zbekistondan bir necha baravar kam pul mukofoti beradi

Olam

image

Rossiyada 9 may bayrami munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 10 ming rubl (133 dollar) miqdoridagi bir martalik pul mukofoti beriladi. Rossiya pensiya fondi tegishli normani tasdiqladi.

Bu boshqa davlatlar, xususan, O‘zbekiston va Qozog‘istonga nisbatan ancha kam.

O‘zbekistonda Prezident Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga 12 mln so‘m (1140 dollar) miqdorida bir martalik pul mukofoti berilishi belgilandi. Bu Rossiyada belgilangan pul mukofotidan 8,5 baravarga ko‘p.

Qozog‘istonda Ikkinchi jahon urushi faxriylariga bir million tenge (2332 dollar) miqdorida pul mukofoti beriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ikkinchi jahon urushi mukofot

Baholaganlar

519

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing