Rossiya Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishiga qarshi emas – Medinskiy

Olam

image

Kiyevning Moskva bilan shartnoma tuzish bo‘yicha yozma takliflari shuni ko‘rsatadiki, Rossiya Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish intilishlariga qarshi emas. Bu haqda bugun, 29 mart kuni Moskva va Kiyev delegatsiyalarining Istanbuldagi uchrashuvi yakunlari bo‘yicha Rossiya delegatsiyasi rahbari, Prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy jurnalistlarga ma’lum qilgan. 

“Kiyev takliflari shuni anglatadiki o‘z navbatida Rossiya Federatsiyasi Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish intilishlariga qarshi emas”, deydi Medinskiy. 

Shuningdek, u Ukraina tomoni Rossiya bilan kelishuv bo‘yicha yakuniy qarorni mamlakatlar Prezidentlari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy uchrashuvida ishlab chiqishni so‘rashini aytdi. 

“Ukraina ham yakuniy qarorni davlat rahbarlarining uchrashuvida ishlab chiqishni so‘raydi”, deydi u. 

Medinskiy Prezidentlar Putin va Zelenskiy uchrashuvi qay tartibda o‘tkazilishi mumkinligiga ham aniqlik kiritgan. 

“Aytganimdek, biz oldinga qadam tashlamoqdamiz va shartnomalarni imzolash chog‘ida Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi doirasida davlat rahbarlarining uchrashuvini o‘tkazish imkoniyati haqida gapiryapmiz. Shundan so‘ng ular tashqi ishlar vaziri va davlat rahbarlari shu tarzda to‘rt kishilik uchrashuv o‘tkazishi bilan qolgan ba’zi masalalarni hal qilishlari mumkin”, deb tushuntirdi Medinskiy.

Eslatib o‘tamiz, bugun, 29 mart kuni Turkiyaning Istanbul shahridagi Dolmabaxche saroyida Rossiya-Ukraina delegatsiyalarining navbatdagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Unda Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an ham ishtirok etdi. Shunisi ahamiyatliki, ushbu uchrashuv 7 mart kuni Brestda o‘tkazilgan muzokaralardan keyingi ilk yuzma-yuz muloqotdir. 

Muzokaralarda Rossiya delegatsiyasi rahbari sifatida ishtrok etgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti yordamchisi Vladimir Medinskiy ko‘ra, Ukraina tomoni Moskvaning neytral bo‘lish, yadroviy mamlakatga aylanmaslik, boshqa mamlakatlarning harbiy bazalarini kiritmaslik va qo‘shilmaslik bo‘yicha talabini bajarish yuzasidan yozma hujjat taqdim etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

132

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing