Rossiya Ukrainaning to‘rt viloyatidagi energetika ob’ektlariga zarba berdi

Olam

image

Bugun, 11 aprelga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Xarkov, Zaporoje, Lvov va Kiyev viloyatlaridagi energetika infratuzilmasiga hujum qildi. Bu haqda Ukraina Energetika vaziri German Galushenko o‘zining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qildi.

Kiyev viloyati harbiy boshqarmasi boshlig‘i Ruslan Kravchenkoning aytishicha, Rossiyaning 40 dan ortiq raketa va 40 ta droni uchirilishi oqibatida Kiyev viloyatidagi muhim infratuzilma ob’ektida yong‘in sodir bo‘lgan. Energetika xodimlari allaqachon hujum oqibatlarini bartaraf etishga kirishgan.

"Bugun tunda mintaqaga kamikadze dronlari va raketalar bilan ommaviy hujum uyushtirildi. Signal 5 soatdan ortiq davom etdi. Afsuski, havo hujumi paytida Kiyev viloyatidagi muhim infratuzilma ob’ekti zarar ko‘rdi", degan u.

Hozircha jabrlanganlar va halok bo‘lganlar haqida ma’lumot olinmagan. Odessa viloyatidagi elektr podstansiyalari va ishlab chiqarish inshootlari ham zarar ko‘rgan. Xarkov viloyatida elektr ta’minoti cheklangan. Ukraina Prezidentining Xarkov shahri va viloyatidagi idorasi rahbari o‘rinbosari Aleksey Kulebaga ko‘ra, hujum tufayli 200 mingga yaqin abonent elektr ta’minotisiz qolgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Rossiya harbiy aerodromiga hujum qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing