Ukraina Rossiya harbiy aerodromiga hujum qildi
Olam
−
06 aprel
12426Ukraina Rossiyaning Rostov viloyatidagi Morozovsk harbiy aerodromiga hujum qilib, oltita samolyotni yo‘q qildi. Bu haqda Kiyevdagi razvedka manbasiga tayanib, “Reuters” agentligi xabar berdi.
Agentlik bu ayblovlarni mustaqil ravishda tasdiqlay olmaydi. Manba hujum qanday amalga oshirilganiga aniqlik kiritmagan, biroq yana sakkizta harbiy samolyotga zarar yetganini qayd etgan.
Manbaning ta’kidlashicha, Morozovsk aerodromida Rossiyaning Su-24 va Su-24M kabi taktik bombardimonchi samolyotlari joylashgan bo‘lib, ular Rossiya Harbiy havo kuchlari tomonidan Ukraina harbiylari va frontdagi aholi punktlariga boshqariladigan bombali hujumlar uchun foydalaniladi. Manba operatsiyani muhim deb ta’riflagan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya Mudofaa vazirligi havo hujumidan mudofaa kuchlari bir kechada 53 ta Ukraina dronlarini urib tushirgani, ularning aksariyati Rostov viloyati osmonida bo‘lganini ma’lum qilgandi.
LiveBarchasi