Rossiya Ukrainaning har qanday tashviqotiga javob qaytaradi – Lavrov

Olam

image

Moskva Ukrainadagi “qaynoq boshlarni” Rossiyaga bilan qarama-qarshilik yuzaga keltirish oqibatidan ogohlantirmoqda, biroq har qanday sharoitda ham javob berishga tayyor. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov ma’lum qildi.

Lavrov Kiyev va G‘arbning Rossiya chegaralari yaqiniga qo‘shin kiritib, mintaqadagi muvozanatni buzmoqchiligini juda ham oddiy ish deb atagan.

“Kecha Putin Mudofaa vazirligi kollegiyasida juda aniq aytdi: atrofimizda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday provokatsiyalarga to‘g‘ri, shu jumladan, harbiy-texnik javob berish uchun bizda barcha zarur imkoniyatlar mavjud”, deydi Tashqi ishlar vaziri. 

Lavrov, shuningdek, Parij va Berlin Minsk kelishuvlarini buzayotgan Kiyevni qo‘llab-quvvatlayotganidan xavotir bildirdi.

Avvalroq, Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays Twitter sahifasida “Rossiya Mudofaa vaziri (Sergey Shoygu. – tahr.) bayonotlaridan farqli o‘laroq, ziddiyatni Ukraina yoki AQSH emas, balki Rossiya kuchaytirayotganini yozgan. Rossiya elchixonasi bunga javoban Praysni “og‘rimagan boshini og‘ritmaslikka” chaqirgandi.

Ma’lumot o‘rnida, Ukraina sharqidagi mojaro yetti yarim yildan ortiq vaqtdan beri davom etmoqda. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, shu vaqt ichida 13 mingdan ortiq odam uning qurboniga aylangan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina

Baholaganlar

171

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing