Rossiya Ukrainani bosib olishi mumkin edi – Ukraina razvedkasi 

Olam

image

2014 yilning bahorida Rossiya Ukraina hududining Dnepr daryosigacha bo‘lgan qismini bosib olishi mumkin edi. Bu haqda Ukraina Tashqi razvedkasining sobiq rahbari Viktor Gvozd “Apostrof” telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

Viktor Gvozdga ko‘ra, o‘sha paytlarda Ukraina Qurolli kuchlarining bironta jangga tayyor bo‘lgan harbiy bo‘linmasi mavjud emas edi. Shuningdek, Ukraina rahbariyati Kiyev osmonini qanday himoya qilish yo‘lini qidirayotgan bo‘lgan. 

“O‘n to‘rtinchi yilning fevral oyi. Biz parlament binosini himoya qilish uchun boshqa choramiz yo‘qligidan, oddiy, qo‘chma-zenit raketasini o‘rnatgan edik.

Hozir o‘sha paytdagi Hukumatni tanqid qilish oson. Biroq sharoitni ham hisobga olish kerak”, deydi Ukraina Tashqi razvedkasining sobiq rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar o‘sha davrda qon to‘kishlar boshlanganida, Rossiya harbiylari Ukrainaga nisbatan operatsiya o‘tkazgan bo‘lardi.

“O‘sha paytda hammamizga ma’lumki, Rossiya chegaramiz bo‘ylab 100 ming kishilik guruh joylashtirgan edi. Ular shunchaki o‘tishni kutgan. Qon to‘kishni boshlaganimizda, mart oyida Dneprga yurish boshlangan bo‘lardi”, deya qo‘shimcha qildi sobiq razvedka boshlig‘i.

Eslatib o‘tamiz, Ukraina poytaxti Kiyev shahri markazida 2013 yilning noyabridan 2014 yilning fevraliga qadar ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tgan.

Dunyo hamjamiyatiga ko‘ra, o‘sha voqealar fonida Rossiya Ukrainaning Qrim orolini o‘ziga qo‘shib olgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Ukraina razvedka

Baholaganlar

452

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing