Rossiya Ukrainaga urush olib kelib, nima qilganini his qilishi kerak – Zelenskiy
Olam
−
09 avgust 2024
6821Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukrainaning uch kun oldin boshlangan Rossiyaning Kursk viloyatiga hujumlariga ilk marta ishora qildi. Bu haqda u Telegram-kanalida yozdi.
“Rossiya bizning yerimizga urush olib kelib, nima qilganini his qilishi kerak. Men Ukraina pozitsiyalarini himoya qilishni va mudofaa vazifalarimizning bajarilishini ta’minlaydigan har bir jangchi, askar va qo‘mondondan minnatdorman. Ukrainaliklar o‘z maqsadlariga qanday erishishni bilishadi”, deydi Zelenskiy.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, hujumning mumkin bo‘lgan maqsadlariga Rossiya Yevropaga gaz o‘tkazuvchi Sudja yoqilg‘i quyish shoxobchasini vayron etish, Rossiya qo‘mondonligi e’tiborini Donbassdan chalg‘itishga urinish, Rossiya o‘z kuchlarini Ukrainaning Xarkov viloyatiga yetkazib beradigan temiryo‘lni yo‘q qilish va Ukraina armiyasini mustahkamlash kabilar kiradi.
Rossiya gvardiyasi korpusining xabar berishicha, Rossiya hukumati janglar yaqinida joylashgan Kursk atom elektr stansiyasining taqdiridan qo‘rqadi va uning xavfsizligi kuchaytirilgan.
Kursk viloyati hokimiyati Ukraina hujumida besh nafar fuqaro, jumladan, feldsher, tez yordam haydovchisi va 24 yoshli homilador ayol halok bo‘lganini va olti nafar bola jarohatlanganini aytgan. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainaning harakatlarini katta provokatsiya va turli xil qurollar, shu jumladan, raketalar bilan fuqarolik ob’ektlari, turar-joy binolari va tez yordam mashinalariga qarshi hujum, deb atadi.
Ukraina javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi. Biroq bir nechta yuqori martabali amaldorlar bilvosita Kiyevning ishtirokini tasdiqladi.
Zebo Turobjonova
LiveBarchasi