Rossiya Ukrainaga bostirib kirsa, Zelenskiy qochadimi? Kuleba javob berdi

Olam

image

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy vaziyat keskinlashgan taqdirda mamlakatni tark etish niyatida emas. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba “Fox News” telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Prezident hamisha Ukraina xalqi bilan birga bo‘ladi. Ukraina Prezidentining ishonchi komilki, agar biz birdamlikni saqlasak, diqqatimizni jamlasak, yakunda g‘alaba qozonamiz”, degan Kuleba. 

Avvalroq, AQSH OAVlarida ma’muriyatdagi noma’lum manbalarga tayanib, Qo‘shma Shtatlar Zelenskiyga xavfsizlik uchun Lvovga borishni maslahat bergani haqida ma’lumot paydo bo‘lgan edi.

Bundan tashqari, Ukraina va Rossiya o‘rtasida keng ko‘lamli mojaro yuzaga kelgan taqdirda Zelenskiyning xorijga evakuatsiya qilinishi ehtimoli ham muhokama qilingan edi. 

Shuningdek, Kulebaga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Ukrainaga qo‘shimcha qurol-yarog‘ yetkazib berishga va’da bergan.

“Biz yana nima qilish mumkinligini muhokama qildik. Muammo shundaki, biz Putin bundan keyingi qanday harakatlarni rejalashtirayotgani haqida aniq tushunchaga ega emasmiz. Demak, hozirgi sharoitda yagona yechim — imkon qadar tezroq harakat qilish. Ukraina faqat mudofaa qurollarini so‘raganini ta’kidlamoqchiman, biz hech qachon AQSHdan Ukrainaga askar yuborishni so‘ramaganmiz va bunga intilmaymiz”, degan u.

AQSH Prezidenti Jo Bayden kecha, 22 fevral kuni Oq uyda Kuleba bilan uchrashuvda Vashington Kiyevga harbiy va iqtisodiy yordam berishda davom etishini aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Zelenskiy

Baholaganlar

499

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing