Rossiya Ukrainaga bir kechada 170 ta dron bilan hujum qildi (video)

Olam

−

image

Rossiya 27 sentyabrga o‘tar kechasi Ukrainaga 170 ta dron bilan hujum qildi. Bu haqda Ukraina Qurolli Kuchlari Havo qo‘shinlari Telegram-kanalida xabar berildi.

 

Qayd etilishicha, hujum kecha, 26-sentyabr kuni soat 18:00 dan boshlangan. Rossiya tomonidan uchirilgan dronlarning 76 tasi reaktiv dvigatelli “Shahed” rusumidagi uchuvchisiz uchish apparatlari bo‘lgan. Shuningdek, “Gerbera” dronlari va “Parodiya” rusumidagi chalg‘ituvchi dronlardan foydalanilgan.

Mahalliy hokimiyat vakillari ma’lumotlariga ko‘ra, hujum oqibatida kamida 14 kishi halok bo‘lgan, yana 57 kishi jarohatlangan.

Dronlar Rossiyaning Oryol, Kursk, Primorsko-Axtarsk va Shatalovo hududlaridan, shuningdek, Rossiya bosib olgan Donetsk hamda Qrimdagi Gvardeyskoye hududidan uchirilgan.

Havo hujumini qaytarishda Ukraina mudofaa kuchlarining harbiy aviatsiyasi, zenit-raketa bo‘linmalari, radioelektron kurash bo‘linmalari, uchuvchisiz tizimlar bo‘linmalari va mobil o‘t ochish guruhlari ishtirok etgan.

Bugun, 27 sentyabr kuni soat 07:30 holatiga ko‘ra, 147 ta dron urib tushirilgan yoki radioelektron kurash vositalari orqali zararsizlantirilgan. Urib tushirilgan apparatlar qoldiqlari esa yana sakkizta joyga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya dronlari Kiyev viloyatining Vishgorod tumanidagi 2-sonli Ivankov litseyiga va Kiyevning Obolon tumanidagi bolalar bog‘chasiga zarba bergan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing