Rossiya Ukrainadan keyin O‘zbekistonni bosib olmoqchi – Zelenskiy 

Olam

image
SSSR havasi. Rossiya O‘zbekistonni bosib olmoqchimi? north_east

SSSR havasi. Rossiya O‘zbekistonni bosib olmoqchimi?

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy  Rossiya Ukrainadan keyin Boltiqbo‘yi davlatlari, Finlyandiya va O‘zbekistonga hujum qilmoqchi ekanini aytdi. Bu haqda u Vilnyusda o‘tkazilgan matbuot anjumanida so‘z ochdi.

“Menimcha, biz Rossiya Federatsiyasi Prezidentining ritorikasiga e’tibor qaratishimiz kerak. U to‘xtamaydi. U bizni butunlay bosib olmoqchi", deydi Zelenskiy.

Uning aytishicha, Kiyevning hamkorlaridagi moliyaviy va harbiy yordam ko‘rsatishdagi noaniqlik Rossiya Federatsiyasiga faqat jasorat va kuch qo‘shadi. Shuning uchun, u yordamni kechiktirmaslikka chaqirdi.

"Rossiya Prezidenti Ukrainani vayron qilmagunicha, tinchlanmaydi. Ukrainadan keyin kimni shunday xavf-xatarlar kutayotganini juda yaxshi bilasiz. Litva, Latviya, Estoniya, Moldova, agar Ukraina muvaffaqiyatsizlikka uchrasa, keyingi o‘rinlarni egallashi mumkin. Yaqinda u Finlyandiya va O‘zbekiston haqida gapira boshladi. Hammamiz birgalikda uni to‘xtatmagunimizcha, u (Putin) bosqinchilikni bas qilmaydi”, deya qo‘shimcha qilgan Zelenskiy.

Eslatib o‘tamiz, Litva Prezidenti Gitanas Nauseda Zelenskiy bilan qo‘shma matbuot anjumanida Ukrainaga 200 million yevrolik uzoq muddatli yordam paketini ma’qullaganini aytgandi. Uning aytishicha, Litva yanvar oyida Ukrainaga o‘q-dorilar, generatorlar va minalardan tozalash tizimlarini, fevralda esa M577 zirhli transportyorlarini topshiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston Ukraina Vladimir Zelenskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made