Rossiya Ukrainadagi aholi turar joyiga zarba berdi
Olam
−
15 aprel 2023 10838 1 daqiqa
Rossiya raketalari Ukraina sharqidagi Slovyansk shahridagi turar-joy binolariga zarba berdi, oqibatda 11 kishi halok bo‘ldi, 21 kishi yaralandi va ko‘p qavatli uylarning qismlari metall va beton parchasiga aylandi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Donetsk viloyati gubernatori Pavlo Kirilenko Ukraina frontidagi eng og‘ir janglar bo‘lgan Baxmut shahri g‘arbidagi Slovyanskga Rossiyaning yettita S-300 raketasi uchirilganini aytgan.

Qutqaruv guruhlari tun bo‘yi vayronalarni elakdan o‘tkazib, kranlar, zinapoyalar va boshqa og‘ir texnikalar yordamida kvartiralarning qobiqlari va zinapoyalar orasidan qurbonlarni qidirgan. Ba’zi vayron bo‘lgan kvartiralarda faqat deraza romlari va osilgan gips qoldiqlari qolgan xolos. Favqulodda xizmatlar voqea joyida 50 dan ortiq qutqaruvchi qolayotganini ma’lum qilgan.

Kirilenkoning aytishicha, guruhlar vayronalar ostidan 1946 yilda tug‘ilgan bir ayolni olib chiqqan. Prezident Vladimir Zelenskiy idorasining yuqori lavozimli rasmiysi Darya Zarivnaya hujum joyidan tiriklayin olib chiqilgan bola kasalxonaga olib ketilayotganda vafot etganini aytgan.
Hujum oqibatida bir necha o‘nlab ko‘p qavatli va yakka tartibdagi uylar zarar ko‘rgan.