Rossiya Ukrainada yo‘lovchi avtobusini nishonga oldi. Qurbonlar bor
Olam
−
13:47 1517 1 daqiqa
Bugun, 16 sentyabr kuni Rossiya harbiylari Ukrainaning Dnepropetrovsk viloyati Nikopol tumanida yo‘lovchi avtobusiga dron orqali zarba berdi. Bu haqda Dnepropetrovsk viloyatining harbiy ma’muriyati rahbari Aleksandr Ganji ma’lum qildi.
Bildirilishicha, rossiyaliklar avtobusni zarba beruvchi dron bilan nishonga olgan. 5 kishi voqea joyida halok bo‘lgan, yaralangan 7 kishiga esa zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Ma’lumot uchun, oxirgi vaqtlarda Rossiya va Ukraina o‘rtasida fuqarolik ob’ektlari, savdo-sanoat infratuzilmasi hamda boshqa muhim ob’ektlarga zarbalar kuchaygan. Xususan, joriy hafta boshidan buyon Ukraina va Rossiya o‘rtasida bir qancha zarbalar amalga oshirildi.
Jumladan, Rossiyaning uchuvchisiz uchish apparatlari Ukraina – Polsha chegarasi yaqinidagi poyezdga zarba bergandi. Hujum Buyuk Britaniya va Shvetsiyaning sobiq bosh vazirlari Boris Jonson va Karl Bildt, shuningdek, Yevropa Ittifoqining bir necha davlatlaridan kelgan xavfsizlik bo‘yicha maslahatchilarni olib ketayotgan diplomatik poyezd stansiyani tark etganidan bir necha daqiqa o‘tib sodir bo‘lgan. Shuningdek, Ukraina Qurolli kuchlari kecha, 15 sentyabrga o‘tar kechasi Taganrogga dronlar va raketalar bilan hujum qilgan.
Live
Barchasi