Rossiya Ukrainada qancha begunoh odamning yostig‘ini quritgani aytildi
Olam
−
13 Sentabr 2022
8222Rossiya tomonidan Ukrainaga nisbatan harbiy harakatlar boshlanganidan buyon Ukrainani 12 million 324 ming 430 kishi tark etgan. Bu haqda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi xabar bermoqda.
Ular orasida Polshaga 5,9 million, Rossiyaga 2,4 milliondan ortiq, Vengriyaga 1,3 million, Ruminiyaga 1,1 million, Slovakiyaga 757 ming va Moldovaga 600 ming, Belarusga 16 ming 704 kishi ketgan.
BMT shuningdek, Ukrainada urush boshlanganidan buyon 5827 nafar tinch aholi halok bo‘lgani, 8421 nafari yaralangani haqida xabar berdi.
Halok bo‘lganlarning 2270 nafari erkak, 1559 nafari ayollar, 153 nafari qizlar va 187 nafari o‘g‘il bolalar. Shuningdek, jinsi hozircha noma’lum bo‘lgan 35 nafar bola va 1623 nafar kattalar bor.
Yaralanganlar orasida 1770 nafar erkak, 1289 nafar ayol, 182 nafar qiz va 250 nafar o‘g‘il bola, shuningdek, jinsi hali aniqlanmagan 215 nafar bola va 4715 nafar kattalar bor.