Rossiya Ukraina yer bilan yakson qilinmaguncha to‘xtamasligi kerak – Medvedev
Olam
−
20 avgust 2023
18861Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik Kengashi raisi o‘rinbosari Dmitriy Medvedev Rossiya hozirgi Ukraina davlati yer bilan yo‘q qilinmaguncha to‘xtamasligi kerakligini aytdi. Uning so‘zlarini RIA Novosti keltirmoqda.
"Birovning urushi ertami-kechmi zerikarli, qimmat va ahamiyatsiz bo‘lib qoladi. Biz uchun esa bu xalqimiz ishtirokidagi fojia. Bu ekzistensial ziddiyat. O‘zini himoya qilish uchun urush. Yo ular yoki biz”, deydi Medvedev.
Uning fikricha, G‘arb hukumati o‘zgaradi, ularning elitasi charchab, muzokaralar olib borish va mojaroni to‘xtatishni so‘raydi.
“Har qanday qarshi hujum barbod bo‘ladi. O‘liklar dafn etiladi, yaralar bitadi. Ammo hozirgi Ukraina davlati butunlay parchalanmaguncha, biz to‘xtamasligimiz kerak. Uni yer bilan yo‘q qilish kerak”, deya iddao qilgan Medvedev.
Siyosatchiga ko‘ra, bu yillar va hatto asrlar talab qilishi mumkin, ammo Rossiyaning boshqa iloji yo‘q.
Medevedevning qyd etishicha, yo Rossiya Federatsiyasi "dushman” siyosiy rejimini yo‘q qiladi yoki kollektiv G‘arb Rossiyani parchalab tashlaydi va u bilan birga halok bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenko Ukrainadagi mojaroning oldini olish imkoni bor bo‘lgani, uni hozir ham to‘xtatish mumkinligini aytgandi.
LiveBarchasi