Rossiya Ukraina sanksiyalariga neft bilan javob qaytardi

Olam

image

Rasmiy Moskva Ukraina Hukumatining import qilish taqiqlangan Rossiya mahsulotlari ro‘yxatining kengaytirishiga javob qaytardi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

“Biz o‘z manfaatlarimizni himoya qilishga majburmiz. Men bugun shu mavzuga doir Hukumat qarorini imzoladim”, degan Rossiya Bosh vaziri Dmitriy Medvedev.

Qarorga ko‘ra, 1 iyundan Rossiya Ukrainaga ko‘mir, neft va neft mahsulotlarini faqatgina alohida ruxsatnoma bilan yetkazib beradi.

Bundan tashqari, rasmiy Moskva ukrain mashinasozlik, yengil sanoat va metall mahsulotlari importini taqiqlab qo‘ydi. Qayd etilishicha, o‘tgan yili Ukraina 250 mln dollarga teng shunday mahsulotlar yetkazib bergan.

O‘tgan haftada Ukraina Hukumati Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi. Importi taqiqlangan mahsulotlar ro‘yxatiga konserva bankalari, oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar uchun shisha idishlar kiritildi.


Maqola muallifi

Teglar

sanktsiya Rossiya-Ukraina

Baholaganlar

98

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made