Rossiya Ukraina Ichki ishlar vazirligining sobiq rahbarini qidiruvga berdi

Olam

image

Rossiya Ichki ishlar vazirligi Ukrainaning sobiq ichki ishlar vaziri Arsen Avakovni qidiruvga berdi. Bu haqda Federatsiya IIV saytida e’lon qilindi.

Aytilishicha, Ichki ishlar vazirligi 1964 yil 2 yanvarda Ozarbayjonning Baku shahrida tug‘ilgan, millati armanistonlik Avakov Arsen Borisovichni qidirmoqda.

Shu bilan birga, ma’lumotlar bazasida avvalroq Rosfinmonitoring tomonidan “terrorchilar” va “ekstremistlar” ro‘yxatiga kiritilgan Avakov Jinoyat kodeksining qaysi moddasi bo‘yicha qidiruvga berilgani aniqlanmagan.

Avvalroq Rossiya Tergov qo‘mitasi Avakovga nisbatan 2018 yilgi Rossiya Prezidenti saylovlarida fuqarolarning ovoz berishiga to‘sqinlik qilgani uchun jinoiy ish qo‘zg‘atgan edi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Avakov bir guruh odamlar bilan til biriktirib, vazirlik xodimlariga Rossiyaning Kiyev, Lvov, Odessa va Xarkovdagi diplomatik muassasalaridagi saylov uchastkalariga rossiyaliklarning kirishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida ko‘rsatma bergan.

Arsen Avakov 2014-2021 yillarda Prezidentlar – Pyotr Poroshenko (2014-2019) va Vladimir Zelenskiy davrida Ukraina Ichki ishlar vazirligi rahbari lavozimida ishlagan.

2012-2014 yillarda Oliy Rada deputati bo‘lgan, 2005-2010 yillarda Xarkov viloyati ma’muriyatini boshqargan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Rossiya Ichki ishlar vazirligi Ukrainaning amaldagi Prezidenti Vladimir Zelenskiy va mamlakatning sobiq rahbari Pyotr Poroshenkoni qidiruvga bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Arsen Avakov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing