Rossiya Ukraina bo‘yicha muzokaralarda juda ko‘p narsa so‘ramoqda - Vens
Olam
−
07 may 12817 1 daqiqa
Rossiya Ukraina bo‘yicha muzokaralarda haddan tashqari talablarni ilgari surmoqda. Bu haqda AQSH vitse-prezidenti Jeyms Devid Vens bugun, 7 may kuni Vashingtonda Myunxen xavfsizlik konferensiyasi tomonidan tashkil etilgan forumda so‘z ochdi.
U muzokaralardagi keyingi qadam Moskva va Kiyevning to‘g‘ridan to‘g‘ri aloqalari bo‘lishi kerakligini aytdi.
“Men rossiyaliklar kelishuvdan manfaatdor emas, deb aytmagan bo‘lardim. Men hozirgi vaqtda rossiyaliklar mojaroni to‘xtatish uchun ma’lum bir talablar, ma’lum bir imtiyozlar to‘plamini ilgari surmoqda, deb aytgan bo‘lardim. Biz ular juda ko‘p narsa so‘rashadi, deb hisoblaymiz, tushunyapsizmi?” degan AQSH vitse-prezidenti.
Vensning so‘zlariga ko‘ra, AQSH Prezidenti Donald Trampning xizmatlaridan biri shundaki, u Rossiyani mojaroni hal qilish shartlarini aytishga majbur qilgan. Ungacha esa Rossiya bir so‘z ham demay urush zonalarida oldinga boravergan.
Vitse-prezidentning ta’kidlashicha, Moskvaning dastlabki pozitsiyasi bilan tanishib chiqqach, Vashingtonning reaksiyasi juda hayratlanarli bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jeyms Devid Vens AQSH o‘z takliflariga ijobiy javob olmasa, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarda vositachilik qilishdan bosh tortishi haqida gapirgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr