Rossiya Ukraina bo‘yicha hech qanday shartlarsiz muloqotga tayyorligini ma’lum qildi

Olam

image

Agar Kiyevga “tegishli poytaxtlardan” buyurtma berilsa, Ukraina bo‘yicha muloqot imkoniyatlari ortadi. Bu haqda bugun, 11 noyabr kuni jurnalistlarga Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Ryabkov ma’lum qildi. 

“Men pozitsiyani tasdiqlashim mumkin, ya’ni: biz hech qanday shartlarsiz muloqotga ochiqmiz. Biz bunga avval ham tayyor edik”, deydi vazir o‘rinbosari Rossiya AQSH bilan Ukraina mavzusida gaplashishga tayyormi, degan savolga javob berar ekan.  

Ryabkovga ko‘ra, Kiyev o‘z xatti-harakatlari bilan tinchlik sulhi tuzish bo‘yicha rejalarni ham, amaliy qadamlarni ham yo‘qqa chiqargan. 

“Kiyev o‘zining G‘arb kuratorlari buyrug‘i bilan umuman olg‘a siljayotgan, ma’lum bir hujjat ishlab chiqilayotgan muloqotni to‘xtatdi. Endi hammasi o‘tmishda qoldi. Keyin nima bo‘lishi bizga bog‘liq emas”, deya ta’kidladi u. 

Uning ta’kidlashicha, agar Kiyevga “yuqoridan” topshiriq kelsa, muloqot imkoniyati ortishi mumkin.

“Men o‘z fikrimni aniq ayta olaman, agar Kiyevga tegishli poytaxtlardan buyurtma berilsa, unda bunday muloqot imkoniyatlari ortadi. Lekin yana bir bor aytaman, bu yerda bizda hech qanday to‘siqlar yo‘q va muloqot hech qanday shartlarsiz davom etishi kerak”, deydi u. 

Joriy yilning 7 noyabr kuni Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml Oq uyning Kiyevdan Moskva bilan muzokaralarga ochiqligini ko‘rsatish so‘rovlari haqidagi xabarlar qanchalik ishonchli ekanini bilmasligini aytdi. 8 noyabr kuni Rossiya Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Andrey Rudenko Rossiya va AQSH Ukraina bo‘yicha muzokaralar olib bormayotganini aytdi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiya rahbariyati Ukraina bo‘yicha muzokaralarga hamon tayyor ekanini ma’lum qilgandi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya G‘arbdagi hamkasblari Moskva manfaatlarini hisobga olgan holda vaziyatni yumshatish bo‘yicha suhbat tashkil etishni taklif qilsa, ularni tinglashga tayyor. Peskov, shuningdek, Ukraina bo‘yicha muzokaralar birinchi navbatda Vashington bilan olib borilishi kerak, chunki Kiyev “tashqaridan kelgan buyruq bilan” ish olib bormoqda, degan fikrni bildirdi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

283

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing