Rossiya Ukraina bilan tinchlikka erishishga rozi, ammo... – Peskov
Olam
−
07 aprel
8386Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatish g‘oyasini hamon qo‘llab-quvvatlamoqda, biroq bu sodir bo‘lguncha ba’zi savollarga javob berilishi kerak. Bu haqda Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov jurnalistlar bilan o‘tgan uchrashuvda so‘z ochdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva boshqa davlatlar Ukraina armiyasini qayta qurollantirish xavfidan xavotirda. Mojaroni hal qilishda Rossiya birinchi navbatda o‘z manfaatlarini hisobga olishi kerak.
Shuningdek, Peskov hamma narsaga oydinlik kiritilgandan keyin Ukraina bilan tinchlik shartnomasi imzolanishi mumkinligini aytgan.
Eslatib o‘tamiz, mart oyida Qo‘shma Shtatlar Ukrainada 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatishni, so‘ngra janglarni butunlay to‘xtatish bo‘yicha kelishuvni taklif qilgan edi. Kiyev bu taklifni qabul qildi. Vladimir Putin e’tiborga olinishi kerak bo‘lgan nuanslarga, jumladan, sulh shartlariga rioya etilishini kim nazorat qilishiga e’tibor qaratdi. AQSH, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi alohida maslahatlashuvlardan so‘ng, tomonlar energetika ob’ektlariga, keyinroq esa Qora dengizga hujumlarni to‘xtatishga kelishib olishdi.
LiveBarchasi
Trenddagilar


