Rossiya Ukraina bilan muzokara o‘tkazishi mumkinmi?
Olam
−
05 aprel 2023
9572Kreml Ukraina bilan muzokaralar olib borish istiqbolini ko‘rmayapti. Bu haqda Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.
Bugun, 5 aprel kuni, Peskov jurnalistlarning Ukraina bilan muzokaralar o‘tkazish ehtimoli haqida bergan savoliga bunday holat hali-beri bo‘lmasligini aytib o‘tgan.
Shuningdek, Peskov bugun Putin Rossiya tashqi siyosati bo‘yicha katta nutq so‘zlashi haqida ma’lumot bergan.
Shu yilning 19 mart kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mamlakat Ukrainadagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga tayyorligini aytgan edi. Uning ta’kidlashicha, 2022 yil aprel oyida inqirozga diplomatik yo‘l bilan barham berish bo‘yicha o‘tkazilgan muzokaralar Rossiya tomonidan to‘xtatilmagan.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Polsha poytaxti Varshavaga Moskva bilan muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rish uchun borgani aytilmoqda. Bu fikrlarni Polsha quruqlikdagi qo‘shinlari sobiq qo‘mondoni, mamlakat mudofaa vazirining sobiq o‘rinbosari general Valdemar Skshipchak bildirgan.
LiveBarchasi