Rossiya o‘g‘itlar eksportini kengaytirishga tayyor – Putin

Olam

image

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin Moskva o‘g‘it eksportini kengaytirishga va bu borada mutlaqo barcha hamkorlar bilan ishlashga tayyorligini aytdi. Bu haqda TASS yozmoqda

“Biz hech qanday istisnosiz barcha hamkorlarimiz bilan bu ishni kengaytirishga tayyormiz”, deydi davlat rahbari bugun, 23 noyabr kuni Rossiya sanoatchilar va tadbirkorlar ittifoqining mineral o‘g‘itlar bo‘yicha komissiyasi raisi Dmitriy Mazepin bilan uchrashuvda.

“Jahon o‘g‘it bozorlaridagi vaziyat hatto mutaxassis bo‘lmaganlarga ham yaxshi ma’lum”, degan Prezident. 

U  Dmitriy Mazepinga ayni damda vaziyatga baho berilgan hisobot taqdim etishni topshirdi.

"Sizning "Uralxim" kompaniyalar guruhi dunyo bo‘yicha azotli o‘g‘itlar, kaliyli o‘g‘itlar va ammiakni eng yirik ishlab chiqaruvchilardan biri hisoblanadi. Ish davom etayotganini bilaman, ba’zi davlatlar tomonidan yaratilgan sun’iy to‘siqlarga qaramay, ish juda yaxshi ketmoqda”, degan Prezident.

U so‘zida davom etib, Rossiyaga nisbatan taqiqlardan faqat jahon bozorlari jabr ko‘rishini aytdi. 

Ma’lumot uchun, 2022 yilning dastlabki sakkiz oyida Rossiyada mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,5 foizga kamaydi. Shu bilan birga, ishlab chiqarish 2019 va 2020 yillarga nisbatan mos ravishda 10,5 va 4 foizga ko‘p bo‘ldi. 2022 yilning yanvar-avgust oylarida kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarish eng ko‘p – 25,1 foizga, azotli o‘g‘itlar bo‘yicha ham ko‘rsatkichlar – 6,3 foizga pasaygan, karbamid ishlab chiqarish esa 6,1 foizga, ammiakli selitra – 10,1 foizga oshgan. Umuman olganda, o‘g‘itlar eksporti 11 foizga kamaydi, asosiy pasayish ammiakli selitra (deyarli 50 foiz), kaliy xlorid (24,8 foiz) va karbamid ammiak aralashmasi (32,2 foiz)ga to‘g‘ri keldi. Bu Rossiyadan mineral o‘g‘itlarni sotib olishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiq yo‘qligiga qaramasdan, Yevropada talabning pasayishi va logistika qiyinchiliklari bilan bog‘liq.


Maqola muallifi

Teglar

o'g'it

Baholaganlar

47

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing