Rossiya Turkiyaning Qora dengizdagi tashabbuslarini ko‘rib chiqmoqda – Putin

Olam

image

Rossiya Turkiyaning tashabbuslariga, jumladan Qora dengiz xavfsizligi masalalariga e’tibor qaratadi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

“Men Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning Qora dengizdagi vaziyat bo‘yicha tashabbusi haqida ham bilaman. Biz Turkiya Respublikasining ushbu yo‘lda barcha tashabbuslarini diqqat bilan va katta hurmat bilan ko‘rib chiqamiz va siz bilan aloqada bo‘lib qolamiz”, deydi Putin.

Rossiya Prezidenti Erdo‘g‘anning Qora dengiz bo‘yicha “don bitimi”ni tuzishdagi muhim rolini qayd etdi.

Ma’lumot uchun, Ukrainadan oziq-ovqat eksporti bo‘yicha kelishuvlar 2022 yil 22 iyulda Istanbulda 120 kunga tuzilgan, so‘ngra 2023 yil 17 iyulda tugaguncha uch marta uzaytirilgan. Bitimlardan biri donni Kiyev nazoratidagi Odessa, Chernomorsk va Yujniy portlaridan eksport qilishni tartibga solgan. Boshqa qismi esa Rossiya qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va o‘g‘itlari uchun jahon bozorlariga chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan.

Turkiya g‘alla bitimini saqlab qolish uchun faol harakat qildi. Lekin Rossiya bitimning unga taalluqli sharti bajarilmagani uchun undagi ishtirokini to‘xtatdi.

Shahnoza Halilova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya Turkiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing