Rossiya Turkiyaning 7 ta “Bayraktar”ini urib tushirdi (video)
Olam
−
05 aprel 2022
74380Bugun, 5 aprel kuni Rossiya Mudofaa vazirligi “Tor” taktik zenit-raketa majmuasi ekipaji tomonidan Turkiyada ishlab chiqarilgan “Bayraktar TB2” Ukraina dronini yo‘q qilgani tasvirini namoyish qildi.
"Jangovar navbatchilik jarayonida 20 ta havo nishoni aniqlandi. Tor havo mudofaa tizimi ekipajining malakali harakatlari natijasida barcha nishonlar nazoratga olindi va yo‘q qilindi. Ular orasida yettita “Bayraktar TB2” jangovar uchuvchisiz uchish apparati ham bor", deyiladi vazirlik bayonotida.
Qayd etilishicha, maxsus harbiy operatsiya davomida Sergey Pachepka qo‘mondonligidagi “Tor” zenit-raketa kompleksi ekipaji o‘z mas’uliyati hududida havo bo‘shlig‘ini nazorat qilish vazifalarini bajaradi, Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiya paytida RF Qurolli Kuchlari bo‘linmalarini qamrab oladi.
Ta’kidlanishicha, “Tor” havo hujumidan mudofaa tizimi dronlarning butun to‘dasiga bardosh bera oladi. Majmua antiradar va qanotli raketalar, uchuvchi bombalar, samolyotlar, vertolyotlar va uchuvchisiz uchish apparatlari hujumlaridan quruqlik tuzilmalarining birinchi eshelonlarini qoplash uchun mo‘ljallangan. Shu bilan birga, "Tor" o‘zi belgilangan havo hududini boshqarishi va "do‘st yoki dushman" tizimi tomonidan aniqlanmagan barcha havo nishonlarini mustaqil ravishda urib tushirishi mumkin. Kompleks 12 km gacha uchish masofasi va 10 km balandlikdagi 16 ta vertikal uchiriladigan zenit-raketalarni o‘z ichiga oladi.
LiveBarchasi