Rossiya tunda Kiyevga dron va ballistik raketalar bilan hujum qildi
Olam
−
24 may
6376Bugun, 24 mayga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Kiyevga ballistik raketalar va dronlar bilan hujum qildi. Bu haqda shahar meri Vitaliy Klichko Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Kiyev va uning chekkasida havo mudofaasi doimiy ravishda ishlaydi”, deb yozdi Klichko.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, ayni damda Kiyevda sakkiz nafar jabrlanganlar bor. Ikki kishi Dneprovskiy tumanidagi shifoxonaga yotqizilgan, yana to‘rt nafariga Svyatoshinskiy tumanida voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Poytaxtning beshta tumanida – Solomenskiy, Svyatoshinskiy, Dneprovskiy, Obolonskiy va Shevchenkovskiy tumanlarida vayronalarning qulashi qayd etilgan. Klichkoning ta’kidlashicha, Obolonskiy tumanida vayronalar savdo markaziga tushib ketgan. Bundan tashqari, Obolondagi turarjoy binosida yong‘in sodir bo‘lgan.
23 may kuni kechqurun Kiyevda dronlar tahdidi va keyinchalik ballistika tufayli havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilindi. Ukraina harbiy-havo kuchlari Kiyev yo‘nalishida ballistik raketalar uchirilgani haqida xabar berdi. 24 may kuni yarim tundan so‘ng poytaxt meri Klichko Kiyevga yo‘l olgan 20 ta dron hujumi haqida xabar berdi.
LiveBarchasi