Rossiya tojikistonliklar uchun universitetlardagi kvotani oshirdi

Olam

image

Tojikiston fuqarolari Rossiya oliy o‘quv yurtlariga kirishlari mumkin bo‘lgan kvotalar kelgusi o‘quv yilida odatdagidan yuqori bo‘ladi. Bu haqda bugun, 2 mart kuni Tojikistonga ilk rasmiy tashrif bilan kelgan Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin ikki davlat o‘rtasidagi mintaqalararo hamkorlik bo‘yicha to‘qqizinchi konferensiyada so‘z ochdi.  

“Biz tojikistonlik yoshlarga Rossiyada kasb-hunar egallash imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlaymiz”, deydi u.

Mishustin Tojikistondan kelgan talabalar Moskva va Sankt-Peterburg, Ufa, Qozon va Nijniy Novgorod, Chelyabinsk va Yekaterinburg, Novosibirsk va Barnaul, shuningdek boshqa shaharlardagi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olishlari mumkinligini ma’lum qildi. 

“Prezidentlar Vladimir Putin va Imomali Rahmon o‘rtasidagi kelishuvlarga muvofiq, kelgusi o‘quv yili uchun Tojikiston fuqarolarini Rossiya oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish bo‘yicha hukumat kvotasi oshirildi”, deydi Bosh vazir. 

U respublikani tark etmasdan ham xuddi shunday oliy ma’lumotni Rossiya-Tojikiston Slavyan universiteti va Rossiya Federatsiyasi oliy o‘quv yurtlari filiallarida olish mumkinligiga e’tibor qaratdi. 

Eslatib o‘tamiz, 2022 yilda Rossiyaga ishlash maqsadida kelgan xorijiy fuqarolar soni 3,47 million kishini tashkil etdi. Bu 2021 yilga nisbatan uch baravar ko‘p. O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston fuqarolari esa mamlakatga kelgan barcha mehnat muhojirlari orasida yetakchi bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Mixail Mishustin Rossiya-Tojikiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing