Rossiya “Tolibon”ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarmoqchi
Olam
−
02 aprel 2024 6412 2 daqiqa
Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligi Adliya vazirligi va boshqa tegishli idoralar bilan birgalikda “Tolibon”dan terrorchi tashkilot maqomini olib tashlash masalasi ustida ishlamoqda. Bu haqda kecha, 1 aprel kuni TIV bayonotiga tayanib, TASS xabar berdi.
“Yakuniy qarorni mamlakat oliy siyosiy rahbariyati qabul qiladi”, deyiladi vazirlik bayonotida.
Rossiya Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili, Tashqi ishlar vazirligining Osiyo bo‘yicha ikkinchi departamenti direktori Zamir Kabulov TASS agentligi bilan suhbatda “Tolibon” harakati delegatsiyasi 14-19 may kunlari Qozon shahrida bo‘lib o‘tadigan “Rossiya – Islom olami: KazanForum” forumiga taklif etilganini ma’lum qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati bilan “muntazam ravishda” aksilterrorchilik harakatlari mavzusida hamkorlik qiladi.
“Tolibon” harakati Rossiyada terrorchi tashkilot sifatida tan olingan va uning faoliyati 2003 yilda – BMT Xavfsizlik Kengashi tomonidan tegishli ro‘yxatga kiritilganidan keyin Rossiya Federatsiyasida taqiqlangan. Shu bilan birga, Moskva uzoq yillar davomida “Tolibon” bilan aloqalarni davom ettirib keladi. 2022 yil mart oyida Rossiya hokimiyat “Tolibon” nazoratiga o‘tganidan keyin Afg‘oniston hukumatining birinchi diplomatini akkreditatsiya qildi.
Prezidentning maxsus vakili Kabulov “Tolibon”ni Rossiyada terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish BMT Xavfsizlik Kengashi darajasida amalga oshirilgandan keyingina mumkin bo‘lishini ta’kidlagan.
“Va buning uchun “Tolibon” o‘zini "madaniyatli" tutayotganini ko‘rsatishi kerak”, degan Kabulov.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025