Rossiya “Tolibon” bilan savdo-sotiq qilmoqchi

Olam

image

Rossiya Afg‘onistonning yangi hokimiyati bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaror qildi, shu munosabat bilan hukumat Afg‘oniston importi uchun bojxona to‘lovlarini bekor qildi. Bu haqda bugun, 26 iyul kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov Toshkentda o‘tgan “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ma’lum qildi. 

“Rossiya hukumati tashabbus sifatida afg‘on importi uchun bojxona to‘lovlarini nolga tushirdi. Bundan tashqari,  Afg‘oniston Savdo vazirligi tomonidan taqdim etilgan Afg‘oniston uchun birinchi navbatda qiziqish uyg‘otadigan tovarlar ro‘yxatini ham oldik. Bu g‘allaga ham, turli neft mahsulotlariga ham tegishli, biz mintaqaviy hamkorlarimiz bilan ishlashni davom ettiramiz”, deydi u.

Uning fikricha, Afg‘onistonning hozirgi ayanchli iqtisodiy ahvoli AQSH va uning ittifoqdoshlarining ko‘p yillik faoliyati natijasidir. 

“Afg‘onistonni hozirgi ahvolga olib kelgan AQSH, Yevropa Ittifoqi va boshqa ittifoqdoshlari o‘z xatolarini va 20 yil davomida qo‘llab-quvvatlab kelgan qochgan qo‘g‘irchoq hukumatni tuzatishga katta hissa qo‘shishi kerak, deb o‘ylaymiz", ta’kidladi Kabulov.

QALAMPIR.UZ’ga ma’lum bo‘lishicha, konferensiyada:

Afg‘oniston yo‘nalishida xalqaro hamjamiyatning muvofiqlashtirilgan harakatlarini, ushbu mamlakatning iqtisodiy tiklanishi, afg‘on xalqiga shoshilinch gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish;

Afg‘oniston yangi hukumati tomonidan jahon hamjamiyatining asosiy talablarini (keng vakillik asosida hukumat tuzish, xotin-qizlar huquqlariga rioya qilish va qizlarning to‘laqonli maktab ta’limi olishini ta’minlash) bajarish jarayonini tezlashtirish masalasida xalqaro samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish;

Afg‘oniston Muvaqqat hukumati tomonidan ushbu mamlakat hududidan qo‘shni davlatlar, mintaqaning boshqa davlatlari va butun dunyo xavfsizligi manfaatlariga qarshi foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha olgan majburiyatlarni tasdiqlash;

Afg‘onistonning chet eldagi moliyaviy aktivlariga qo‘yilgan chekovlarni bekor qilish, shuningdek, mamlakat hududida transport-kommunikatsiya va energetika sohalarida turli infratuzilma loyihalarini amalga oshirish muhimligini tushuntirish masalalari muhokamaga qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot

Baholaganlar

74

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing