BMT Afg‘oniston bo‘yicha pozitsiyasini ma’lum qildi

Olam

image
0:00
0:00
download

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Afg‘onistonga gumanitar yordam ko‘rsatishda va bu mamlakatda tinchlik o‘rnatishda davom etadi. Bu haqda BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrishning Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan “Afg‘oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot” mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilariga murojaatida aytiladi. 

“Birlashgan Millatlar Tashkiloti Afg‘onistonda tinchlikka ko‘maklashish, gumanitar yordam ko‘rsatish, barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash va inson huquqlarini himoya qilishda davom etadi”, deyiladi BMT Bosh kotibining murojaatida.  

Guterrishning murojaatini O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov o‘qib eshittirgan. 

“Terrorizmga qarshi kurashish, inson huquqlarini himoya qilish, ayollar va qizlarning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini rag‘batlantirish Afg‘onistonda, shuningdek, mintaqada va undan tashqarida tinchlik va taraqqiyotning markaziy o‘rinni egallaydi. Bu borada Afg‘oniston barqarorligida siz kabi qo‘shni davlatlarning o‘rni muhim”, deydi Guterrish. 

QALAMPIR.UZ’ga ma’lum bo‘lishicha, konferensiyada:

Afg‘oniston yo‘nalishida xalqaro hamjamiyatning muvofiqlashtirilgan harakatlarini, ushbu mamlakatning iqtisodiy tiklanishi, afg‘on xalqiga shoshilinch gumanitar yordam ko‘rsatish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqish;

Afg‘oniston yangi hukumati tomonidan jahon hamjamiyatining asosiy talablarini (keng vakillik asosida hukumat tuzish, xotin-qizlar huquqlariga rioya qilish va qizlarning to‘laqonli maktab ta’limi olishini ta’minlash) bajarish jarayonini tezlashtirish masalasida xalqaro samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish;

Afg‘oniston Muvaqqat hukumati tomonidan ushbu mamlakat hududidan qo‘shni davlatlar, mintaqaning boshqa davlatlari va butun dunyo xavfsizligi manfaatlariga qarshi foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha olgan majburiyatlarni tasdiqlash;

Afg‘onistonning chet eldagi moliyaviy aktivlariga qo‘yilgan chekovlarni bekor qilish, shuningdek, mamlakat hududida transport-kommunikatsiya va energetika sohalarida turli infratuzilma loyihalarini amalga oshirish muhimligini tushuntirish masalalari muhokamaga qo‘yilgan.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Afg'oniston: xavfsizlik va iqtisodiy taraqqiyot

Baholaganlar

68

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing