Rossiya TIV G‘arb jurnalistlarini Kurskka kirishdan ogohlantirdi
Olam
−
21 avgust
6181Rossiya Tashqi ishlar vazirligi G‘arb davlatlaridan borgan jurnalistlarning Kursk viloyatiga noqonuniy kirishi bilan bog‘liq har bir holat alohida ko‘rib chiqilishi va bu barcha mamlakatlar jurnalistlariga tegishli ekani haqida ogohlantirdi. Bu haqda TIV vakili Mariya Zaxarova “Sputnik” radiosi orqali ma’lum qildi.
“G‘arb jurnalistlarining Kursk viloyatiga noqonuniy kirishi holatlari aniqlanmoqda. Bu holatlarning har biri, albatta, tekshiriladi, monitoring qilinadi va bu barcha mamlakatlar jurnalistlariga tegishli”, deydi Zaxarova.
Ma’lum bo‘lishicha, kecha, 20 avgust kuni AQSHning Muvaqqat ishlar vakili Stefani Xolms amerikalik jurnalistlarning Kursk viloyatiga noqonuniy kirib kelgani munosabati bilan Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilgan. Tashqi ishlar vazirligi amerikalik diplomatga ommaviy axborot vositalari vakillarining harakatlari yuzasidan keskin norozilik bildirgan.
Ma’lumot uchun, 6 avgust kuni Ukraina Qurolli kuchlari Kursk viloyatiga hujum boshladi. 9 avgust kuni mintaqada federal darajadagi favqulodda holat joriy etildi. 10 avgust kuni Rossiya Federatsiyasi Milliy aksilterror qo‘mitasi Belgorod, Kursk va Bryansk viloyatlarida terrorizmga qarshi operatsiya rejimini joriy qildi. 12 avgust kuni Belgorod viloyatining Ukraina bilan chegaradosh Krasnoyarujskiy tumanida evakuatsiya boshlandi.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 20 avgust kuni Rossiya Mudofaa vaziri Andrey Belousov Chegara hududlarining harbiy xavfsizligi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishida “Belgorod”, “Bryansk” va “Kursk” qo‘shin guruhlari tashkil etilganini ma’lum qilgandi.
Zebo Turobjonova
LiveBarchasi