Rossiya TIV dunyoga yoqadigan prognozni aytdi

Olam

image

So‘nggi bir necha oy ichida jahon miqyosidagi don narxlari doimiy ravishda pasayib, global ocharchilik xavfini kamaytiradi. Bu haqda bugun, 17 avgust kuni “Rossiya-24” telekanali efirida Rossiya Tashqi ishlar vazirligi iqtisodiy hamkorlik departamenti direktori Dmitriy Birichevskiy ma’lum qildi.

“O‘ylaymanki, global ochlik bo‘lmaydi, chunki, so‘nggi bir necha oy ichida g‘alla narxi muttasil pasaymoqda. Bu ko‘p jihatdan Rossiya Federatsiyasi, BMT, Turkiya va Ukraina o‘rtasida erishilgan kelishuvlar bilan bog‘liq”, deydi u.

Diplomatning qo‘shimcha qilishicha, Rossiya g‘allasi dunyoning turli burchaklariga yetkazib berilmoqda, shuningdek, Qora dengiz portlaridan Ukraina donini yetkazib berish boshlangan va juda faol davom etmoqda. 

“Faqat e’tiborli tarafi shundaki, [Ukrainadan eksport qilinayotgan] donlarning barchasi haqiqatan ham muhtoj mamlakatlarga yetib bormasdan, Yevropaning yetarlicha boy mamlakatlarida qolib ketgan”, deya qo‘shimcha qildi u.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 22 iyul kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an, Birlashgan  Millatlar Bosh kotibi Antoniu Guterrish, Turkiya Milliy Mudofaa vaziri Hulusi Akar, Rossiya Milliy Mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Ukraina Infratuzilma vaziri Aleksandr Kubrakov ishtirokida “Don yo‘lagi” hujjati imzolandi. Ukrainadan g‘alla eksporti bo‘yicha kelishuv Odessa, shuningdek, Chernomorsk va Yujniydan xavfsiz yo‘laklarni yaratishni nazarda tutadi. 

Ushbu kelishuv jahon bozorlariga kamida 25 million tonna don yetkazib berish imkonini bermoqda. Xususan, Odessa portidan oziq-ovqat yuklangan birinchi kema — “Razoni” yuk tashuvchisi 1 avgust kuni jo‘nab ketdi. Umuman olganda, 1-15 avgust kunlari Ukrainadan 563 ming 317 tonna oziq-ovqat eksport qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

327

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing