Rossiya tez orada Ukrainadagi hujumkorlik qobiliyatini tugatadi – MI6 rahbari

Olam

image
0:00
0:00
download

Buyuk Britaniyaning MI6 tashqi razvedka xizmati rahbari Richard Murning fikricha, yaqin kelajakda Rossiya Ukrainada o‘z imkoniyatlarini tugatib, bir muddat tanaffus oladi. Bu haqda Amerika matbuoti yozmoqda.

Kecha, 21 iyul kuni Koloradoda Aspen institutining an’anaviy xavfsizlik forumida nutq so‘zlagan Richard Mur Rossiya kuchlari so‘nggi haftalarda unchalik katta muvaffaqiyatga erishmaganini aytgan.

“Ular shaharni egallashganda, undan hech narsa qolmaydi ... u vayron bo‘ladi va shuning uchun menimcha, ular (Rossiya kuchlari) tez orada to‘xtaydi”, deydi tashqi razvedka rahbari.

Murning fikricha, Rossiya biroz pauza qilishi kerak va bu ukrainaliklarga “javob zarba berish” imkoniyatini beradi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina uchun Rossiya Federatsiyasiga qarshi hujum uyushtirish imkoniyatini namoyish etish muhim.

MI6 rahbari ham Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning sog‘lig‘i yomonlashgani haqidagi mish-mishlarga izoh bergan. Murning so‘zlariga ko‘ra, “Putinning sog‘lig‘ida jiddiy muammolar borligi haqida hech qanday dalil yo‘q”.

Avvalroq AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi (MRB) direktori Uilyam Berns Prezident Putinning sog‘lig‘i haqida ko‘p mish-mishlar borligini, biroq norasmiy razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya rahbari “juda sog‘lom” ekanini aytgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

609

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing