Rossiya terma jamoasidan o‘rganish kerak bo‘lgan narsa ko‘p – Ilyos Zeytullayev

Sport

image
0:00
0:00
download

O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Ilyos Zeytullayev Rossiya terma jamoasining 2023 yil iyun oyida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo futbol assotsiatsiyasi (CAFA) chempionatida ishtirok etishi haqidagi xabarga o‘z munosabatini bildirdi. Bu haqda “RB Sport” nashri xabar berdi.

Turnirda Eron, Afg‘oniston, Turkmaniston, O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston terma jamoalari ham ishtirok etadi.

“Albatta, Rossiya termasining ishtirok etishi turnir saviyasini oshiradi. O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston kabi jamoalar bundan faqat futboli rivoji jihatidan foyda ko‘rishi mumkin. Bilamizki, Rossiya terma jamoasidan o‘rganish kerak bo‘lgan narsa ko‘p. Ular yuqori darajaga ega. Mamlakatlar uchun bu turnir tajriba almashish imkoniyatini yaratadi”, deydi Ilyos Zeytullayev.

Shuningdek, Zeytullayev turnirda qaysi jamoa favorit ekanligini aytdi.

“Rossiyani turnirda favorit deb o‘ylayman. Eron ham shu qatorda bor, bu jamoada doim iqtidorli futbolchilar bo‘lgan. O‘zbekiston ham sovrinli o‘rinlar uchun kurashadi. Shomurodov Italiyaga kelgach, O‘zbekistonda yoshlarning futbolga mehri yanada oshdi. Kuchli raqiblarga qarshi o‘ynash darajani yaxshilaydi”, deya qo‘shimcha qildi sobiq futbolchi.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston milliy terma jamoasi Ilyos Zeytullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing