Rossiya tarixda ilk bor FMXTga raislik qiladi

Olam

image

Rossiya birinchi marta Fuqaro mudofaasi xalqaro tashkiloti (FMXT) ijroiya kengashi raisi etib saylandi. Bu haqda mamlakat Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

"Rossiya birinchi marta Fuqaro mudofaasi xalqaro tashkilotining Ijroiya kengashiga rais bo‘ldi. Bu qaror Qirg‘iziston poytaxtida bo‘lib o‘tgan FMXT Ijroiya kengashining 56-yig‘ilishida qabul qilindi",  deyiladi vazirlik saytida.

“Ijroiya kengashi raisi – Fuqaro mudofaasi xalqaro tashkiloti tuzilmasidagi muhim va o‘ta mas’uliyatli lavozimlardan biri. Biz o‘z faoliyatimiz davomida ochiqlik, o‘zaro hurmat va ishonch tamoyillariga amal qilamiz hamda tashkilotga a’zo davlatlar bilan manfaatli hamkorlik qilamiz”, deydi Rossiya FVV matbuot xizmati rahbari.

Ma’lumot uchun, Rossiya o‘z nomzodini joriy yilning fevral oyida ilgari surgan edi. Uning raisligi 2025 yilgacha davom etadi.

Fuqaro mudofaasi xalqaro tashkilotiga (FMXT) Fransiyaning tibbiyot xizmati generali Jorj Sen-Pol tomonidan asos solingan bo‘lib, 1931 yilda "Jeneva hududi" xalqaro assotsiatsiyasiga, 1958 yilda Fuqaro mudofaasi xalqaro tashkilotiga aylantirilgan. FMXTning asosiy vazifalari – fuqaro mudofaasi milliy tashkilotlari bilan aloqalar o‘rnatish, aholini muhofaza qilish sohasida tadqiqotlar o‘tkazishga ko‘maklashish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish, ular sodir bo‘lganda aholini harakat qilishga tayyorlash bo‘yicha tajriba almashinuvini yo‘lga qo‘yishdan iborat.

FMXTning shtab-kvartirasi Shveysariyaning Jeneva shahrida joylashgan bo‘lib, unga 53 ta davlat a’zo. Xususan, MDH davlatlaridan Ozarbayjon (03.11.1993y.), Armaniston (01.04.1994y.), Moldova (11.01.1997y.), Rossiya Federatsiyasi (06.05.1993y.), Qozog‘iston Respublikasi (15.03.1996y.) va Qirg‘iz Respublikasi (09.01.2012y.) mazkur xalqaro tashkilotga a’zo bo‘lgan.

2012 yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi vakillari ham FMXTning tadbirlarida ishtirok etmoqda. 2014 yilning 25 fevral kuni O‘zbekiston FMXTning Doimiy kotibiyatida kuzatuvchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya FMXT

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing