Rossiya tanklari Afg‘oniston chegarasiga yetib bordi

Olam

image

Rossiyalik tankchilar 200 km masofani bosib o‘tib, O‘zbekiston va Tojikiston harbiylari bilan hamkorlikda mashg‘ulotlar o‘taziladigan Afg‘oniston bilan chegaradagi Harb-Maydon poligoniga yetib bordi. Bu haqda TASS Markaziy harbiy okrug matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

“Yo‘l davomida T-72 tanklar ekipaji konvoyning jangovar muhofazasi, shartli zararlangan yerni kechib o‘tish, razvedka guruhlari hujumi va “dushman”ning havo zarbasiga qarshi turish taktikalarini tuzib chiqqan. Ekipajlar mashg‘ulot maydoniga yetib borgach, jangovar mashinalar uchun joylar va boshpanalarni jihozlashga kirishgan”, deyiladi xabarda.

Rossiyaning 50 ga yaqin harbiy texnikasi allaqachon poligonga yetib borgan. Harbiy okrug matbuot xizmati mashqlarda jami qancha zirhli mashinalar qatnashishiga aniqlik kiritmagan.

Avvalroq joriy yilning avgust va sentyabr oylarida Rossiya Qurolli kuchlari bo‘linmalari O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston harbiylari bilan qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazishi haqida xabar bergandik. Qayd etish kerakki, ushbu harbiy mashg‘ulotlarning bir qismi Surxondaryo viloyati Termiz shahri poligonlarida bo‘lib o‘tadi.

Tojik-afg‘on chegarasida o‘tkaziladigan harbiy mashg‘ulotlarga O‘zbekiston ham jangovar samolyot, zirhli texnika va maxsus kuchlarini yuboradi.

Faollashgan “Tolibon” va Afg‘onistondagi keskinlik

Afg‘onistondagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat joriy yilning aprelida AQSH Prezidenti Jo Baydenning respublikada Amerika qurolli kuchlarining operatsiyasi yakuniga yetganini e’lon qilganidan so‘ng, ancha yomonlashdi. 

Joriy yilning 13 iyul holatiga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar o‘z qo‘shinlarining 95 foizidan ko‘prog‘ini Afg‘onistondan olib chiqib ketib bo‘ldi. Bu jarayon 31 avgustga qadar yakunlanishi kutilmoqda. Shtatlar kabi NATOning boshqa a’zolari ham Afg‘onistonni tark etmoqda. Jumladan, ItaliyaAvstraliya va Germaniya kuchlari, allaqachon, mamlakatdan chiqib ketgan.

Xorijiy qo‘shinlarning Afg‘onistonni tark etishi fonida “Tolibon” harakati mamlakat hududlari ustidan nazoratni o‘rnatish maqsadida hujumlarni kuchaytirmoqda. Toliblarning ta’kidlashicha, ular ayni paytda Afg‘onistonning 85 foizini nazorat qilmoqda. Bundan tashqari, harakat kuchlari bir qator qo‘shni davlatlar — Turkmaniston, Tojikiston, Eron va Pokiston bilan chegarada joylashgan nazorat punktlarini ham egallab olgan. Shunday bo‘lsa-da, harakat vakillari Afg‘onistondan tashqariga chiqmasliklarini va qo‘shni davlatlarga xavf solmasliklarini qayta va qayta ta’kidlamoqda


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Rossiya tank

Baholaganlar

360

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing