Rossiya taksi haydovchilariga bo‘lgan talabni migrantlar hisobiga qoplamoqchi

Olam

image

Rossiya Taksini rivojlantirish bo‘yicha jamoat kengashi Rossiya Federatsiya kengashiga migrantlarga ikki yil muddatga taksi haydovchisi bo‘lib ishlashga ruxsat berish bo‘yicha taklif yubordi. Bu haqda RBK xabar berdi. 

Taksini rivojlantirish kengashining fikriga ko‘ra, bunday chora 500 mingdan 2,5 million kishigacha bo‘lgan haydovchilar yetishmasligi bilan kurashishga yordam beradi.

“Biz migrantlarni qat’iy nazorat ostida taksi haydovchisi bo‘lib ishlashga ruxsat berishni taklif qilamiz”, deydi kengash raisi Irina Zaripova.

Uning aytishicha, haydovchilar ustidan samarali nazoratni sug‘urta kompaniyalari haydash parametrlarini qayd qilish uchun o‘rnatadigan maxsus qurilma – "Sug‘urta telematikasi" ta’minlashi mumkin.

Kengash xabariga ko‘ra, migrantlarga taksi haydashga ruxsat berish taklifi Federatsiya Kengashining iqtisodiy siyosat bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Aleksey Sinitsinga yuborilgan.

Dekabr oyi boshida taksi muammolariga bag‘ishlangan davra suhbatida u bozor ishtirokchilarini taksi sohasida davlat siyosatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishni taklif qilgan.

Federatsiya Kengashi hozircha taklifga izoh bermagan.

Hozirda Rossiyada Belarus, Qirg‘iziston va rus tili alohida maqomga ega bo‘lgan boshqa davlatlar fuqarolariga milliy guvohnomaga ega bo‘lgan taksi haydovchisi sifatida ishlashga ruxsat berilgan.

Boshqa davlatlarning fuqarolari ishlash uchun Rossiya litsenziyasini olishlari kerak.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya migrantlar taksi haydovchilari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing