Rossiya suveren davlatni yo‘q qilmoqchi bo‘ldi – Bayden

Olam

image
0:00
0:00
download

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) zamon talabi tufayli yanada inklyuziv bo‘lishi kerak. Bu haqda AQSH Prezidenti Jo Bayden BMT Bosh Assambleyasining 77-sessiyasidagi nutqi davomida aytib o‘tdi.

Baydenga BMT Xavfsizlik Kengashi a’zolarini, jumladan Qo‘shma Shtatlarni favqulodda vaziyatlardan tashqari veto huquqidan foydalanmaslikka chaqirdi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidenti o‘zining kirish so‘zining boshida Rossiya-Ukraina urushi mavzusiga to‘xtalib o‘tdi:

“BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zosi bo‘lgan Rossiya o‘zga mamlakat hududlariga bostirib kirish orqali suveren davlatni yo‘q qilmoqchi bo‘ldi”, deydi u.

Uning qo‘shimcha qilishicha, AQSH Eronning yadroviy qurol ishlab chiqarishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha imkoniyatlarni ishga soladi. Prezident Bayden o‘z navbatida Xitoyning yadroviy qurol dasturini misli ko‘rilmagan va shaffof emas deb atadi.

AQSH prezidenti BMT Xavfsizlik Kengashida Afrika, Lotin Amerikasi va Karib havzasi mamlakatlari uchun o‘rinlar ajratishni zarur deb bilishini ta’kidladi.

“AQSH BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy va nodoimiy vakillari sonini oshirish tarafdori”, deydi Bayden.

Uning fikricha, Xavfsizlik Kengashi a’zolari “kamdan-kam hollarda favqulodda vaziyatlardan tashqari veto huquqidan foydalanishdan tiyilishlari kerak”. BMT Xavfsizlik Kengashi “ishonchli va samarali ishlaydigan” organ bo‘lib qolishi uchun bunday choralar zarur.


Maqola muallifi

Teglar

BMT Jo Bayden

Baholaganlar

284

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing