Rossiya sudi “qo‘y” so‘zini haqorat deb topdi
Olam
−
18 Sentabr 2025 13895 1 daqiqa
Rossiya sudi “qo‘y” so‘zini haqorat sifatida tan oldi. Bu haqda RBK xabar berdi.
Perm viloyati sudi Lisvada yashovchi fuqaroni “qo‘y” so‘zini haqorat sifatida ishlatgani uchun 20 ming rubl miqdorida ma’naviy tovon to‘lashga majbur qildi. Sud ijrochilari bu summani undirdi.
Qayd etilishicha, Apellyatsiya sudi tuman sudining “qo‘y” atamasini haqorat emas, balki shaxsga nisbatan sub’ektiv hukm deb topgan qarorini bekor qilgan. Sud ruscha lug‘atga tayangan, unda qo‘y “kavsh qaytaruvchi sut emizuvchi”, majoziy ma’noda to‘g‘ri yo‘ldan adashgan odam, deb ta’riflangan.
Viloyat sudiga murojaat qilish chog‘ida lingvistik ekspertiza o‘tkazilib, xulosaga ko‘ra, o‘rganilayotgan kontekstda “qo‘y” so‘zi salbiy baho ma’nosiga ega bo‘lib, shaxslararo ziddiyat sharoitida haqorat qilish va kamsitish maqsadida qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning musulmon va yahudiy jamoat tashkilotlari mamlakat Prezidenti Donald Trampni “falastinlik” so‘zini haqorat sifatida ishlatganlikda ayblagandi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025