Rossiya sportiga navbatdagi “zarba” berildi

Sport

image

Xalqaro boks assotsiatsyasi (AIBA)  Rossiya va Belarusni musobaqalarga taklif qilmaydi. Bu haqda tashkilot bayonotida so‘z borgan.

Bayonotga ko‘ra, Rossiya va Belarus bokschilari AIBA tashkil qiladigan musobaqalarda ishtirok etmaydi. Shuningdek, ushbu ikki davlatda o‘tkazilishi belgilangan barcha tadbirlar bekor qilinadi 

“AIBA Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining (XOQ) tavsiyasini va Ukrainadagi vaziyatni inobatga olgan holda, qaror qabul qildi. Ya’ni, AIBA o‘zi tashkil qiladigan boks musobaqalariga Rossiya va Belarus sportchilari, hakamlari va rasmiylarini taklif qilmaydi. Buni amalga oshirishda tashkiliy yoki huquqiy sabablarga ko‘ra, muammo paydo bo‘ladigan bo‘lsa, ikki davlat bokschilari neytral maqom ostida musobaqalarda ishtirok etishi mumkin. Shuningdek, joriy yilda Rossiya va Belarusda o‘tkazilishi rejalashtirilgan xalqaro boks tadbirlari bekor qilinadi. AIBA sport insoniyat tinchligi va taraqqiyoti yo‘lida xizmat qilishiga ishonch bildiradi”, deyilgan bayonotda.

Rossiya sportiga kiritilgan cheklovlar 

Rus qo‘shinlari Ukrainaga kirgach, Xalqaro dzyudo federatsiyasi (XDF) Rossiya Prezidenti Vladimir Putinni tashkilot faxriy prezidenti va elchisi maqomidan mahrum qildi. 

Polsha, Chexiya va Shvetsiya futbol terma jamoasi Jahon chempionatiga saralash doirasida Rossiya bilan o‘yinga borishdan bosh tortdi.

Yevropa futbol uyushmalari ittifoqi (UEFA) 2022 yilgi Yevropa Chempionlar ligasi finali Sankt-Peterburg shahridan Parijga ko‘chirilganini ma’lum qildi.

FIFA  hamda UEFA Rossiya terma jamoalari va klublarini barcha futbol musobaqalaridan chiqarib tashladi.

Xalqaro basketbol federatsiyasi rossiyalik basketbolchilar va rasmiy shaxslarni tashkilot shafeligidagi barcha musobaqalarda ishtirok etishdan chetlashtirdi.

Dunyodagi eng yirik sport kiyimlari kompaniyasi “Adidas” Rossiya futbol jamoalari bilan hamkorlikni to‘xtatganini ma’lum qildi. Shuningdek, Germaniyaning "Shalke 04" klubi va UEFA'ning o‘zi ham Rossiyaning "Gazprom" transmilliy kompaniyasi bilan hamkorlikni to‘xtatdi.

Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi (IPC) rossiyalik va belaruslik atletlarni Pekin-2022 Paralimpiya o‘yinlaridan chetlatdi.

Shuningdek, 2023 yilda Rossiyaning Qozon shahrida bo‘lib o‘tadigan Maxsus Olimpiada o‘yinlari bekor qilindi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

149

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing